- •Sillabus
- •K.1 Elektromexanik energiya o‘zgartirish
- •K.3 Elektr mashinalari klassifikatsiyasi
- •1.3. Transformatorning tuzilishi
- •3.1. Uch chulg‘amli transformatorlar
- •3.2. Avtotransformatorlar
- •O‘zgaruvchan tok mashinasi stator chulg‘ami sxemalari
- •Stator chulg‘amini hisoblash
- •G‘altaklar guruhining eyk
- •G‘altak o‘ramining eyk
- •Chulg‘am fazasining eyk
- •Chulg‘am magnit yurituvchi kuchlari
- •Mujassamlangan chulg‘am myk
- •Taqsimlangan chulg‘amning myk
- •Qadami qisqartirilgan chulg‘amning myk
- •Pulslanuvchi, elliptik va aylana shakldagi aylanuvchi magnit maydon. Bir fazali chulg‘amning magnit maydon
- •Uch fazali chulg‘amning aylanuvchi magnit maydoni
- •Ikki fazali chulg‘amning aylanuvchi magnit maydoni
- •Bu toklar hosil qilgan myk tashkil etuvchilari mashina havo oralig‘ida ixtiyoriy X nuqta uchun quyidagi ko‘rinishda yoziladi
- •Elliptik maydon
- •Asinxron mashinaning tuzilishi
- •Ishlash prinsipi
- •Asinxron mashinaning ishlash rejimlari
- •6.6. Almashtirish sxemasi
- •7.1. Asinxron mashina energetik diagrammasi
- •7.2. Elektromagnit moment
- •7.3. Mexanik tavsif
- •Asinxron motorni iShGa tushirish
- •9.1. Faza rotorli asinxron motorni ishga tushirish
- •9.2. Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni ishga tushirish
- •Qisqa tutashgan rotorli asinxron motor aylanish tezligini boshqarish
- •12 Faza rotorli asinxron motor aylanish tezligini boshqarish
- •10.2. Sinxron mashinalar turlari va tuzilishi
- •10.3. Yirik sinxron mashinalarni sovutish
- •12.1 Generatorlarni parallel ishga tushirish
- •12.3. Sinxron generator burchak tavsiflari
- •Sinxron generatorning V-simon tavsiflari
- •13.3. Sinxron motor tavsiflari
- •Sinxron mashinalarning maxsus turlari.
- •14.2. O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi
- •17.2. Mustaqil qo‘zg‘atishli generator
- •17.3. Parallel qo‘zg‘atishli generator
- •17.4. Aralash qo‘zg‘atishli generator
- •Va uning tashqi tavsiflari (b)
- •18.2. Motorni ishga tushirish
- •18.3. Parallel qo‘zg‘atishli motorlar
- •18.4. Parallel qo‘zg‘atishli motor aylanish tezligini boshqarish
- •Transfоrmatоrlarga оid amaliy mashg’ulotlar yеchish namunalari
- •Parametrlarini aniqlash
- •Tutashuv uchburchagini qurish
- •Mехanik хaraktеristikasini qurish
- •Parametrlarni aniqlash
- •Tormozlovchi momentini topish
- •Momentini topish
- •4.2.2. O‘zgarmas tok generatorlari
- •4.2.3. O‘zgarmas tok motorlari
- •Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning salt ishlash, qisqa tutashuv holatlaridagi tavsiflari va parametrlarini tekshirish
- •1. Ishni bajarishdan maqsadi
- •2. Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar
- •3. Ishni bajarishga oid qisqacha nazariy tushunchalar
- •4. Ishni bajarish va hisobot tayyorlash tartibi
- •4. Ishni bajarish va hisobot tayyorlash tartibi
- •Ishni bajarish va hisobot tayyorlash tartibi
- •Sinov savollari
- •1. Ishni bajarishdan maqsad.
- •Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar.
- •3. Ishni bajarishga oid qisqacha nazariy tushinchalar
- •Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorning salt ishlash va qisqa tutashuv tavsiflarini tekshirish
- •1. Ishni bajarishdan maqsad
- •2. Ishning dasturi
- •3. Ishni bajarish yuzasidan qisqacha nazariy tushunchalar
- •4. Ishni bajarish tartibi va hisobot tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
- •Sinov savollari
- •Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorning ish tavsiflarini tekshirish
- •1. Ishni bajarishdan maqsad
- •2. Ishning dasturi
- •3. Ishni bajarish yuzasidan qisqacha nazariy tushunchalar
- •4. Ishni bajarish tartibi va hisobot tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
- •Sinov savollari
- •1. Ishni bajarishdan maqsad
- •2. Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar
- •3. Ish bajarish tartibi va hisobot tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar
- •4. Ishni bajarish yuzasidan qisqacha nazariy tushunchalar
- •Glossariy
- •Testlar
- •Baholash mezoni
- •Adabiyotlar
- •Asosiy adabiyotlar
- •Qo‘shimcha adabiyotlar
- •Internet saytlar
7.3. Mexanik tavsif
Ko‘rilayotgan asinxron mashinani ideal mashina deb hisoblab, undagi mexanik isroflar (qiymati kichik) e’tiborga olinmasa, elektromagnit moment M valdagi moment MYK ga teng deb bo‘ladi. Bundan buyon, elektr motori uchun qilinayotgan tahlillarda «elektromagnit moment M» iborasi o‘rniga «aylantiruvchi moment M» iborasi ishlatiladi.
Stator chulg‘ami kuchlanishi nominal U1= U1N bo‘lgandagi M =f (n) yoki M =f (s) bog‘lanish asinxron motorning mexanik tavsifi (7.3,a-rasm) deyiladi.
Aylantiruvchi momentning sirpanishga bog‘liqligi (yoki mexanik tavsif) M =f (s). Mexanik tavsifni qurish uchun (7.14) ifodadan foydalanish mumkin. Bunda parametrlar o‘rniga qiymatlari qo‘yilib, so‘ngra sirpanish s ga xar hil qiymatlar berib, asinxron motor uchun izlangan mexanik tavsifni quriladi (7.3,a-rasm).
7.3-rasm. Asinxron mashinaning motor (a) va barcha rejimlari uchun qurilgan mexanik tavsiflari (b)
Maksimal momentga to‘g‘ri keladigan sirpanishni kritik sirpanish skr deyiladi. Uning qiymatini aniqlash uchun (parametrlari o‘zgarmas deb hisoblagan holda) momentdan sirpanish bo‘yicha birinchi hosila olib, uni nolga tenglaymiz (dM / ds = 0), bunda umumiy hol uchun quyidagi natijaga ega bo‘lamiz
.
(7.9)
Agarda c1 1 va qiymati ancha kichik bo‘lgani uchun r1 0 deb hisoblansa, u holda kritik sirpanish skr ni aniqlash ifodasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi
,
(7.9,a)
Maksimal (kritik) moment Mmax ning qiymatini aniqlash uchun (7.9) dan skr ning qiymatini (7.8,a) ga qo‘yib hisoblanadi
(7.10)
(7.9), (7.9,a) va (7.10)larda musbat (+) ishora motor rejimiga, manfiy (–) ishora esa generator rejimiga taalluqli (7.2,b-rasm).
Umumiy
qo‘llanish
asinxron mashinalar uchun stator chulg‘amining aktiv
qarshiligi induktiv qarshiliklar yig‘indisidan [
,
ya’ni taxminan 1012
foizini tashkil qiladi] ancha kichik bo‘lgani
sababli
r10
deb,
hamda s11
ekanligini e’tiborga olib
Mmax
ning soddalashgan ifodasini
aniqlaymiz
(7.10,a)
Ifoda
(7.10)ning
tahlili shuni ko‘rsatadiki, asinxron mashina generator rejimida
ishlaganida,
uning
maksimal momenti Mmax.G
motor rejimdagi maksimal momenti Mmax.M
ga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Asinxron motorning maksimal momenti
tarmoq kuchlanishi kvadratiga proporsional
ekan, ya’ni M
.
Bu esa uning kamchiligi hisoblanadi, chunki kuchlanish, masalan, 10 %
ga kamaysa elektromagnit moment M=
0,92M
= 0,81MN
ga, ya’ni 19 % ga kamayadi
va motor ishlashining turg‘un bo‘lmasligiga olib keladi.
Asinxron motor maksimal momentining karraligi kM=Mmax/MN Davlat standarti tomonidan qat’iy belgilangan, ya’ni kM 1,8. Ayrim maxsus asinxron motorlarda kM ning qiymati 3,0 gacha etadi. Bu koeffitsient asinxron motorning o‘ta yuklanish qobiliyatini xarakterlaydi.
Ifodalar (7.9) va (7.10) ning tahlilidan quyidagi muhim xulosalarga kelamiz
1) kritik sirpanish skr rotor zanjirining aktiv qarshiligi r2 ga proporsional ravishda o‘zgaradi;
2) maksimal moment Mmax ning qiymati rotor zanjiri aktiv qarshiligi r2 ga bog‘liq emas;
3) asinxron motorning maksimal momenti Mmax va o‘ta yuklanish qobi-liyati kM asosan stator va rotor chulg‘amlari tarqoq induktiv qarshiliklari (mos ravishda x1 va x2) yig‘indisiga teskari proporsional;
4) maksimal moment Mmax har qanday sirpanishdagi moment singari ga proporsionaldir, ya’ni berilayotgan kuchlanish kamayganda motorning o‘ta yuklanish qobiliyati keskin pasayadi.
M=
f
(s)
-
mexanik tavsifning
motor rejimida
o‘zgarish xarakteri quyidagicha tushuntiriladi. YUk momenti yuksiz
ishlash rejimidan oshi-rilsa, sirpanish s ortadi.
Bunda aktiv-induktiv xarakterli rotor zanjiri qarshiligidan o‘tadigan
tok I2
ni va uning shu zanjirdagi EYK
dan orqada qoluvchi 2
burchakni hisoblash uchun
quyidagi ifodalar
etarli
asosan rotor toki
va
faza siljish burchagi 2
ortadi,
sos2
esa kamayadi.
(7.11)
,
(7.12)
Sirpanish
ortib
borishi
bilan
rotor tokining induktiv xarakteri ortadi,
uning aktiv tashkil etuvchisi esa avval (2
kichik paytda) ortib,
so‘ngra
(umumiy tokning ortishidan
qat’iy nazar) kamaya boradi (7.4,b-rasm),
chunki EYK
va
tok
orasidagi siljish burchak 2
ortadi.
7.4-rasm. Asinxron motor mexanik tavsifi (a); valdagi yuk o‘zgarishida rotor tokining vektor diagrammasi
M= f (s) bog‘lanishning o‘zgarish xarakterini asinxron motorning ishlash prinsipidan kelib chiqqan holda analitik yo‘l bilan ham tushuntirish mumkin, ya’ni (7.1) ga asosan uning elektromagnit momenti magnit oqim F va rotor tokining aktiv tashkil etuvchisi I2a larning ko‘paytmasiga proporsionaldir. Bundan, F = const bo‘lganda mexanik tavsifning o‘zgarish xarakteri I2a= f (s) grafigi bilan aniqlanar ekan.
Ishga tushirish momenti. Asinxron motorni ishga tushirish uchun stator chulg‘amini elektr tarmog‘iga ulanadi. Bunda, rotor aylanish tezligi miqdori tarmoqqa ulanish onidadayoq 0 dan nominalgacha o‘zgarib qolmaydi. Tezlikning bunday o‘zgarishi uchun biror “ishga tushirish davomiyligi” deb nomlangan (tIsTush) muddat o‘tishi zarur. Shu muddatning boshlanishida, ya’ni stator tarmoqqa ulangan, ammo rotor aylanma harakat olishga ulgurmagan onda rotor sirpanishi s=1,0 bo‘ladi. Motorning elektromagnit momenti (7.14) ifodasiga s=1,0 qo‘ysak, motorning ishga tushirish quvvati Mi.t aniqlanadi
(7.13)
Bunda, maxrajdagi qarshiliklar r2qt+x2qt= z2qt ekanligini e’tiborga olsak, ishga tushirish momentining kuyidagi ifodasi hosil bo‘ladi
(7.14)
bunda Ii.t – sirpanish s =1 bo‘lgandagi ishga tushirish toki.
Ifoda
(7.14) dan ko‘rinadiki, motorning ishga tushirish momenti asosan
ishga tushirish tokining kvadrati
ga proporsional bo‘lar ekan. Undan tashqari zarurat
tug‘ilganda qisqa tutashgan rotorli asinxron mashinada «olmaxon
katagi» turidagi chulg‘am qarshiligini oshirish mumkin bo‘lgan
maxsus konstruksiyada ishlab chiqarib,
faza
rotorli motorda esa rotor chulg‘amiga qo‘shimcha aktiv
qarshilik ulash yo‘li bilan ishga tushirish mumkin bo‘lib, s =1
bo‘lgandagi momentini oshirish va tokni kamaytirish imkoniyatini
hosil qilish mumkin ekan.
Davlat Standartining talabiga ko‘ra, asinxron motor nominal yukda ishga tushishi uchun quyidagi shart bajarilishi, ya’ni ishga tushirish momentining karraligi ki.t = Mi.t/ Mmax 1 bo‘lishi kerak.
Mexanik tavsifni katalog qiymatlari yordamida qurish. (7.7) va (7.28) ifodalarga asosan asinxron motorning elektromagnit momenti quyidagiga teng
(7.15)
Motor
validagi mexanik yukning o‘zgarishi bilan magnit oqim o‘zgarmaydi,
shu sababli
const deb hisoblash mumkin. Ifoda
(7.8)dan
aniqlangan
momentdan
sirpanish bo‘yicha birinchi hosila olinib,
uni 0 ga tenglashtirib,
kritik sirpanish skr
qiymatini
topish
mumkin, ya’ni
.
U holda maksimal moment quyidagiga teng bo‘ladi
(7.16)
Ifoda (7.15) ni (7.16) ga bo‘lib ixchamlashtirishdan keyin nisbiy birliklarda hisoblashga qulay bo‘lgan quyidagi soddalashgan bog‘lanishga ega bo‘lamiz
(7.17)
Bu ifodani Kloss formulasi deyiladi va u ba’zi amaliyotdagi taxminiy hisoblarda qo‘llaniladi.
Ifoda (7.17) bo‘yicha hisoblashda aniqlik katta bo‘lmaydi, chunki stator chulg‘amidagi kuchlanish pasayishi e’tiborga olmagan. Ammo asinxron motorning sirpanish kichik qiymatlarida (s0 dan skr gacha) tekshirishda magnit oqim juda kam o‘zgarishi sababli, bu ifoda amaliyotda dastlabki tahlil uchun etarli bo‘lgan tezkor natija beradi.
11-mavzu. Asinxron motorning ish tavsifi. Asinxron motorni ishga tushirish
Ishchi tavsiflari deb, U1 = const va f1 = const bo‘lganda, valdagi yuk (foydali quvvat) R2 ni o‘zgartirib, rotorning aylanish chastotasi n, sirpanish s, stator toki I1, foydali moment M2, quvvat koeffitsienti cos va F.I.K. larning n,s,I1,M2,cos, = f (R2) bog‘lanishga aytiladi (8.6-rasm).
Motor validagi yuk ortishi bilan sirpanish s o‘sib boradi. Nominal yuklama bo‘lganda sirpanish sN 1,55% ni tashkil qiladi. Rotorning aylanish chastotasi (6.1,a) dan quyidagiga teng bo‘ladi
(8.19)
8.6-rasm. Nominal qiymati 50 kVt, 220/380 V, 1470 ayl/min bo‘lgan qisqa tutashgan rotorli asinxron motorning ishchi tavsiflari
Ifoda (7.12)ga ko‘ra yuklama (moment M) ortishi bilan sirpanish s ortadi, natijada (8.3)ga ko‘ra rotorning aylanish chastotasi n kamayadi.
Asinxron motorning nominal yuk bilan ishlagandagi foydali momenti
M2N = 9,55P2N / nN , [ Nm ] . (8.20)
Agar n const bo‘lsa, M2 f (R2) ifodaning grafigi taxminan to‘g‘ri chiziq bo‘lardi. Lekin yuklama ortishi bilan n kamayadi, shu sababli yuklamaning ortishi bilan moment M2 foydali quvvat R2 ga qaraganda tezroq o‘sadi va uning o‘zgarishi yuqoriga og‘gan egri chiziqdan iborat bo‘ladi.
Motorning
validagi yuk ortishi
bilan stator toki I1
ning aktiv tashkil e
tuvchisi
ootib
boradi. Kuchlanish U1
= const bo‘lganligidan tok I1
ning reaktiv tashkil etuvchisi I1r
esa
o‘zgarmaydi.
Shu sababli
yuklama
o‘zgarganda
motor magnit oqimi sezilarli
o‘zgarmaydi
va I1
f
(P2)
bog‘lanish deyarli bir xilda qoladi.
Motor kichik yuk bilan ishlaganda stator toki tarkibidagi reaktiv tashkil etuvchisi, aktiv tashkil etuvchisiga nisbatan katta bo‘ladi. Shu sababli motorning quvvat koeffitsienti kichik (0,10,2) bo‘ladi. Yuklamaning ortishi bilan tokning aktiv tashkil etuvchisi orta boradi. Bunda kuchlanish U1 va stator toki I1 vektorlari orasidagi burchak kichiklashib, cos esa o‘sib boradi. Motorning validagi yuk nominal qiymatga yaqinlashganda cos1 katta qiymatga erishadi (cos1= 0,80,85). Yuklamaning yanada ortishi natijasida rotorning aylanish chastotasi n kamayadi, sirpanish s va rotorning induktiv qarshiligi x2 lar ortishi tufayli cos1 bir oz kamayadi.
F.I.K.ning P2ga bog‘liq o‘zgarishi, boshqa elektr mashinalari yoki transformatordagidek xarakterga ega. Yuksiz ishlash rejimida F.I.K. nolga teng ( 0). Yuklamaning ortishi bilan oshib boradi va o‘zgarmas isroflar (yuklamaga bog‘liq bo‘lmagan mexanik va yuksiz ishlash isroflari) o‘zgaruvchan isroflarga (yuklamaga bog‘liq ravishda o‘zgaradigan chulg‘amlardagi elektr va qo‘shimcha isroflar) teng bo‘lganda o‘zining maksimal qiymatiga erishadi va yuklamaning ortishda davom etishi natijasida o‘zgaruvchan isroflarning parabolik ortishi sababli bir oz kamayadi.
Ishchi tavsifni aylana diagrammasi yordamida qurish. Asinxron motorning nominal rejimda ishlashini ta’minlaydigan parametrlarini, hamda ishchi tavsiflarni aylana diagramma yordamida qurish tartibini ko‘raylik. Motorning ishchi rejimini ifodalovchi aylana diagramma zonasi 8.5-rasmda juda kichik joy egallagan. Unda grafik ishlarini bajarish va o‘lchovlar o‘tkazish ishlarining noqulayliklari sababli, 8.7-rasmda keltirilgan aylana diagrammaning shu qismi biroz kattaroq qilib ko‘rsatilgan.
8.7-rasm. Ishchi tavsiflarni aylana diagrammalarni yordamida qurish
Ishchi tavsiflarni aylana diagramma yordamida qurish uchun unga qo‘shimcha (yordamchi) chiziqlar kiritamiz.
Stator
chulg‘ami toki I1
ni
tokning masshtabi
da
,
(mm) (8.21)
So‘ngra,
A
nuqtani N
bilan birlashtirib, toklar uchburchagi OAN
ni hosil qilamiz. Bunda yu.i. toki
,
rotorning
keltirilgan toki
va stator toki
.
A nuqtadan abssissa o‘qiga perpendikulyar (AR1) o‘tkazamiz va to‘g‘ri burchakli uchburchak hosil qilamiz. Undan stator tokining aktiv va reaktiv tashkil etuvchilarini hisoblaymiz
;
.
(8.22)
Agar U1 = const va f1 = const bo‘lsa, u holda R1 quvvat stator chulg‘ami tokining aktiv tashkil etuvchisiga (R1 ≡ I1a) proporsional bo‘ladi. Aylana diagrammada I1a ning qiymati AR1 kesma bilan aniqlanadi, shuning uchun motorga keltirilgan R1 quvvat quyidagicha aniqlanadi (Vt)
,
(8.22)
bunda,
- quvvat
masshtabi, Vt/mm.
Motorga tarmoqdan kelayotgan quvvatni keltirilga quvvat chizig‘i deb nomlangan abssissa o‘qidan toklar aylanasila joylashgan ishchi nuqtasi A gacha bo‘lgan masofa bilan aniqlanadi.
Motorning foydali quvvati R2 aylana diagrammasida A nuqtadan tushirilgan vertikaldagi AR2 kesma bilan aniqlanadi
,
(8.23)
Elektromagnit quvvat va elektromagnit moment aylana diagrammasida A nuqtadan REM nuqtagacha bo‘lgan kesma bilan aniqlanadi
,
(8.24)
(8.25)
bunda
= 9,55 mp/n1
–moment
masshtabi, N·m/mm.
Quvvat koeffitsienti cosφ1 ni aniqlash uchun ordinata o‘qida ihtiyoriy Of diametrda yarim aylana quriladi. Stator toki vektori yangi yarim aylana bilan kesishgan nuqtani h deb belgilaymiz. Quvvat koeffitsienti
(8.26)
Foydali
ish koeffitsienti foydali quvvat
ni keltirilgan quvvat
ga nisbati kabi olinadi
(8.27)
Bu usulda hisoblangan f.i.k. katta xatolikka olib keladi, chunki unda barcha turdagi quvvat isroflari e’tiborga olingan deb bo‘lmaydi. Shu sababli f.i.k.ni (7.3) - (7.5) yordamida yu.i. va q.t. tajribalaridan foydalanib hisoblagan maqbul. Magnit va mexanik quvvat isroflarining yig‘indisi
(8.28)
Stator
chulg‘amidagi elektr isroflar (7.1), rotor chulg‘ami elektr
isroflari esa (7.2) yordamida; qo‘shimcha isroflar Rqo‘sh
Davlat standartiga ko‘ra motor nominal yuklanish bilan ishlaganda
motorga keltirilayotgan quvvatning 0,5% tashkil etadi. Qo‘shimcha
quvvat isroflari stator toki
ning
kvadratiga proporsional deb hisoblash qabul qilingan. Unda,
qo‘shimcha isroflar
(8.29)
Motorning o‘ta yuklanish qobiliyati maksimal moment Mmaxning nominal momentMNOMga nisbatiga aytiladi. Maksimal momentni aniqlash yuqorida (8.5-rasm) ko‘rsatilgan
(8.30)
Agar toklar aylanasidagi A nuqta (8.7-rasm) nominal rejimga mos bo‘lsa, u holda motorning o‘ta yuklanish qobiliyati quyidagiga teng bo‘ladi
(8.31)
Sirpanish quyidagicha aniqlanadi
(8.32)
bunda REM (8.24) dan hisoblanadi.
Ishchi tavsiflarini qurish uchun aylana diagrammasida stator tokining birnecha qiymatlarini 0,5· I1NOM; 0,75· I1NOM; I1NOM; 1,15· I1NOM tok masshtabiga ko‘paytirib, aylana diagrammasiga qo‘yiladi (8.7-rasm) va yuqorida keltirilganidek, xar bir (A1; A2; A3; A4; A5) nuqta uchun qiymatlar aniqlanadi, jadvalga kiritiladi va tavsiflar chiziladi (8.6-rasm).
