Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
УМК электр машиналари ЭТ 2022 (3).doc
Скачиваний:
5934
Добавлен:
02.11.2022
Размер:
19 Мб
Скачать
☆

G‘altak o‘ramining eyk

Agar g‘altak o‘ramlari bir-biridan qutb bo‘linmasiga teng (u = ) bo‘lgan masofadagi pazlarda joylashgan o‘tkazgichlardan yasalgan bo‘lsa, ulardagi EYKlar o‘zaro 180 ga siljigan bo‘ladi, chunki o‘ramning aktiv tomonlari (o‘tkazgichlari) qarshi ulangan, ya’ni chap tomondagi o‘tkazgichning keti o‘ng tomondagi o‘tkazgich keti bilan ulangan. Shu sababli o‘ram EYKi (Eor.1) o‘tkazgichlardagi EYKlarning geometrik (vektor) ayirmasiga teng bo‘ladi. Bu vektor diagrammadan ko‘rinishicha, chulg‘am qadami diametral (u = ) bo‘lganda o‘tkazgichlar EYK larining geometrik ayirmasi (Eor.1(d) – o‘ram EYK) ularning arifmetik yig‘indisiga teng bo‘ladi, ya’ni

Eor.1(d)= 2 Eotk.1= 4,44 f F1. (4.15)

Chulg‘am qadami qisqartirilgan (u) da o‘tkazgichlar EYKlarining geometrik ayirmasi (Eor.1(qis) – o‘ram EYK), chulg‘am qadami diametral bo‘lgandagi ularning arifmetik yig‘indisidan kichik (Eor.1(qis)Eor.1(d)) bo‘ladi

Eor.1(qis)= 2 Eotk.1 sin(/2) = 4,44 f F1 kqis.1, (4.16)

bunda kqis.1= sin(/2) (4.17)

– chulg‘am qisqartirish koeffitsientining 1-garmonikasi;  = (u / ) – chulg‘am-ning nisbiy qadami.

Qisqartirish koeffitsienti -garmonika uchun quyidagicha yoziladi

kqis. = sin( / 2). (4.18)

O‘ramlar soni ws bo‘lgan stator chulg‘ami seksiyasi (g‘altagi)da hosil bo‘ladigan EYK ning qiymati quyidagiga teng bo‘ladi:

Es.1(qis) = ws Eor.1(qis) = 4,44 f F1 wskqis.1 . (4.19)

G‘altaklar guruhining eyk

Agar g‘altaklar guruhidagi barcha seksiyalar bir-biridan chulg‘am qadami u = masofada joylashgan ikkita pazga to‘plansa, u holda EYK lar faza jihatdan mos tushadi, barcha seksiyalar guruhining EYK esa, shu guruhni hosil qiluvchi seksiyalar EYK larining arifmetik yig‘indisiga teng bo‘lar edi. Lekin, amalda statorlar­ning taqsimlangan holdagi, ya’ni g‘altaklar guruhi qo‘shni pazlarda joylashgan q ta bir xil g‘altak (seksiya)lari­dan tashkil topgan chulg‘ami ishlatiladi. Ularda har qaysi g‘altaklar guruhidagi seksiyalarning aktiv tomonlari har bitta qutb ostidagi q1 pazni egallaydi. Shuning uchun g‘altaklar guruhining seksiyalarida hosil bo‘ladigan EYK lar faza jihatdan bir-biriga nisbatan qo‘shni pazlar orasidagi e burchakka siljigan bo‘ladi.

Seksiyalar guruhining hamma seksiyalari o‘zaro ketma-ket ulanganligi sababli seksiyalar guruhining EYK lari yig‘indisi Eg1 alohida seksiyalar EYK larining geometrik yig‘indisi (Eg.1= Es.1(qis))ga teng bo‘ladi. Bu yig‘indi chulg‘am diametral qadamli bo‘lgandagi ularning arifmetik yig‘indisi (Eg1(d) = q Es.1(d))dan kichik bo‘ladi. Bu EYK larning nisbati

kt 1= Eg1 / Eg1(d)= sin(qe /2) / [q sin(e / 2)], (4.20)

– chulg‘am taqsimlanish koeffitsientining 1-garmonikasi deyiladi.

Taqsimlanish koeffitsienti -garmonika uchun quyidagicha yoziladi:

kt = sin(qe /2) / [q sin(e / 2)]. (4.21)

Seksiyalar guruhining EYK Eg1 quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Eg1= q Es.1 kt.1 = 4,44 f F1wsq kqis.1 kt.1. (4.22)