- •Sillabus
- •K.1 Elektromexanik energiya o‘zgartirish
- •K.3 Elektr mashinalari klassifikatsiyasi
- •1.3. Transformatorning tuzilishi
- •3.1. Uch chulg‘amli transformatorlar
- •3.2. Avtotransformatorlar
- •O‘zgaruvchan tok mashinasi stator chulg‘ami sxemalari
- •Stator chulg‘amini hisoblash
- •G‘altaklar guruhining eyk
- •G‘altak o‘ramining eyk
- •Chulg‘am fazasining eyk
- •Chulg‘am magnit yurituvchi kuchlari
- •Mujassamlangan chulg‘am myk
- •Taqsimlangan chulg‘amning myk
- •Qadami qisqartirilgan chulg‘amning myk
- •Pulslanuvchi, elliptik va aylana shakldagi aylanuvchi magnit maydon. Bir fazali chulg‘amning magnit maydon
- •Uch fazali chulg‘amning aylanuvchi magnit maydoni
- •Ikki fazali chulg‘amning aylanuvchi magnit maydoni
- •Bu toklar hosil qilgan myk tashkil etuvchilari mashina havo oralig‘ida ixtiyoriy X nuqta uchun quyidagi ko‘rinishda yoziladi
- •Elliptik maydon
- •Asinxron mashinaning tuzilishi
- •Ishlash prinsipi
- •Asinxron mashinaning ishlash rejimlari
- •6.6. Almashtirish sxemasi
- •7.1. Asinxron mashina energetik diagrammasi
- •7.2. Elektromagnit moment
- •7.3. Mexanik tavsif
- •Asinxron motorni iShGa tushirish
- •9.1. Faza rotorli asinxron motorni ishga tushirish
- •9.2. Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni ishga tushirish
- •Qisqa tutashgan rotorli asinxron motor aylanish tezligini boshqarish
- •12 Faza rotorli asinxron motor aylanish tezligini boshqarish
- •10.2. Sinxron mashinalar turlari va tuzilishi
- •10.3. Yirik sinxron mashinalarni sovutish
- •12.1 Generatorlarni parallel ishga tushirish
- •12.3. Sinxron generator burchak tavsiflari
- •Sinxron generatorning V-simon tavsiflari
- •13.3. Sinxron motor tavsiflari
- •Sinxron mashinalarning maxsus turlari.
- •14.2. O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi
- •17.2. Mustaqil qo‘zg‘atishli generator
- •17.3. Parallel qo‘zg‘atishli generator
- •17.4. Aralash qo‘zg‘atishli generator
- •Va uning tashqi tavsiflari (b)
- •18.2. Motorni ishga tushirish
- •18.3. Parallel qo‘zg‘atishli motorlar
- •18.4. Parallel qo‘zg‘atishli motor aylanish tezligini boshqarish
- •Transfоrmatоrlarga оid amaliy mashg’ulotlar yеchish namunalari
- •Parametrlarini aniqlash
- •Tutashuv uchburchagini qurish
- •Mехanik хaraktеristikasini qurish
- •Parametrlarni aniqlash
- •Tormozlovchi momentini topish
- •Momentini topish
- •4.2.2. O‘zgarmas tok generatorlari
- •4.2.3. O‘zgarmas tok motorlari
- •Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning salt ishlash, qisqa tutashuv holatlaridagi tavsiflari va parametrlarini tekshirish
- •1. Ishni bajarishdan maqsadi
- •2. Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar
- •3. Ishni bajarishga oid qisqacha nazariy tushunchalar
- •4. Ishni bajarish va hisobot tayyorlash tartibi
- •4. Ishni bajarish va hisobot tayyorlash tartibi
- •Ishni bajarish va hisobot tayyorlash tartibi
- •Sinov savollari
- •1. Ishni bajarishdan maqsad.
- •Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar.
- •3. Ishni bajarishga oid qisqacha nazariy tushinchalar
- •Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorning salt ishlash va qisqa tutashuv tavsiflarini tekshirish
- •1. Ishni bajarishdan maqsad
- •2. Ishning dasturi
- •3. Ishni bajarish yuzasidan qisqacha nazariy tushunchalar
- •4. Ishni bajarish tartibi va hisobot tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
- •Sinov savollari
- •Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorning ish tavsiflarini tekshirish
- •1. Ishni bajarishdan maqsad
- •2. Ishning dasturi
- •3. Ishni bajarish yuzasidan qisqacha nazariy tushunchalar
- •4. Ishni bajarish tartibi va hisobot tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
- •Sinov savollari
- •1. Ishni bajarishdan maqsad
- •2. Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar
- •3. Ish bajarish tartibi va hisobot tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar
- •4. Ishni bajarish yuzasidan qisqacha nazariy tushunchalar
- •Glossariy
- •Testlar
- •Baholash mezoni
- •Adabiyotlar
- •Asosiy adabiyotlar
- •Qo‘shimcha adabiyotlar
- •Internet saytlar
10.2. Sinxron mashinalar turlari va tuzilishi
Sinxron mashina qo‘zg‘olmas qism - stator va aylanuvchi qism - rotordan tarkib topgan. Sinxron mashina statori, aslida, asinxron mashina statoridan farq qilmaydi, ya’ni korpus (stanina), magnit o‘zak va chulg‘amdan iborat.
Mashinaning vazifasi va gabaritiga ko‘ra sinxron mashina statori konstruksiyasining bajarilishi xar hil bo‘lishi mumkin. Masalan, katta quvvatli, ko‘p qutbli mashinalarda stator magnit o‘zagining tashqi diametri 900 mm va undan katta bo‘lganda, magnit o‘zak plastinalarini alohida segmentlardan yasaladi va yig‘ilgandan keyin magnit o‘zak silindrini hosil qiladi. Tashish va montaj qilishda qulaylik bo‘lishi uchun, katta gabaritli mashinalar statorining korpuslari yig‘ma shaklda quriladi.
Sinxron mashinalar qutblari bir-biridan tubdan farq qiluvchi ikki xil kostruksiyali bo‘ladi: ayon qutbli va noayon qutbli.
Energetik qurilmalar (elektr stansiyalar)da sinxron generatorni harakatga keltiruvchi birlamchi motorlarda asosan uch xil motorlar ishlatiladi: bug‘ turbinalari, gidravlik turbinalar yoki ichki yonar motorlar (dizellar). Ular xar biri generatorning yuritmasi bo‘lishi bilan, generator konstruksiyasiga o‘zining hal qiluvchi ta’sirini o‘tkazadi. Yurituvchi motor gidravlik turbina bo‘lsa, sinxron generator gidrogenerator deyiladi.
10.3-rasm. Sinxron mashina rotori tuzilishi: a) ayon qutbli rotor;
b) noayon qutbli rotor
Aksariyat, gidravlik turbinalar katta bo‘lmagan aylanish tezliklarida (60-500 ay/min) ishlaydilar. Shu sababli, tokning sanoat chastotasi (f1=50Gs) ni hosil qilish
uchun, gidrogeneratorda katta qutblar soniga ega bo‘lgan rotor qo‘llaniladi. Gidrogenerator rotorlari ayon qutbli shaklga ega, ya’ni yaqqol qutb shaklida yasalgan bo‘ladi. Bunda xar bir qutb alohida bo‘linma shaklida yasalib, magnit o‘zak 1, uchlik 2 (nakonechnik) va qutb g‘altagidan iborat bo‘ladi (10.3,a-rasm). Rotorning barcha qutblari to‘g‘in 4 (obod)ga maxkamlanadi; to‘g‘in yana mashina qutblarining magnit oqimlari tutashadigan yarmo vazifasini ham bajaradi. Gidrogeneratorlar, aksariyat, vali vertikal joylashgan holatda yasaladi (10.4-rasm).
10.4-rasm.
Bug‘ turbinasining samarali ishlash rejimlari yuqori aylanish tezliklarida namoyon bo‘ladi. Shu sababli, u harakatga keltiradigan turbogenerator deb nomlangan generator, tezyurar sinxron mashinasi hisoblanib, uning rotori yokki ikki qutbli (n1=3000 ay/min), yoki to‘rt qutbli (n1=1500 ay/min) bajariladi.
Katta aylanish tezligiga ega bo‘lgan turbogeneratorning ishlash jarayonida rotorda juda katta markazdan qochmi kuch hosil bo‘ladi. Shuning uchun, mexanik mustahkamlik shartlariga ko‘ra turbogeneratorda noayon qutbli rotor ishlatiladi. Uning ko‘rinishi uzun silindr shaklida bo‘lib, frezer stanogida bo‘ylama pazlar qirqiladi va ularga qo‘zg‘otish chulg‘amlari o‘rnatiladi (10.3,b-rasm).
Ayon qutbli rotorning qo‘zg‘otish chulg‘ami rotor perimetrining 2/3 qismni (pazlar joylashgan qismi) egallaydi. Qolgan yuzaning 1/3 qismini qutblar tashkil etadi. Rotor chulg‘ami tirsak qismini markazdan qosma kuch-ning buzuvchi ta’siridan himoya qilish uchun, ikki yon yuzasidan nomagnit po‘lar halqalar bilan maxkamlanadi.
Tog‘-kon sanoatida ishlaydigan tegirmonlar, turbokompressorlar va turbobosim xaydagichlarda SDS-19-56-40, 4000, 2500, 1250 kVt li, STD-1250, STD-3200 1250 va 3200 kVt li sinxron motorlari ham kichik aylanish tezligiga ega bo‘lib, rotori ayon qutbli shaklda bo‘ladi. Ammo ushbu sinxron motorlar vali gorizontal holatda joylashtirilgan.
10.5-rasm. Turbogenerator: 1- qo‘zg‘otkich; 2-korpus; 3-stator magnit o‘zagi; 4-vodorodli sovutish sektsiyalari; 5-rotor
10.6-rasm. Sinxron generator (dizel-generator): 1-kontakt halqalari: 2-shyotka ushlagich; 3-rotorning qutb g‘altagi; 4-qutb uchi; 5-stator magnit o‘zagi;
6-ventilyator; 7-val
Dizelgeneratorlar rotorlari 600-1500 ay/min aylanish tezligiga ega bo‘lib, ayon qutbli rotorlar ishlatiladi (10.6-rasm).
Tog‘-kon sanoati korxonalarining sinxron mashinalari katta guruxini quvvati birnecha MWtgacha bo‘lgan ventilyatorlar, tegir-monlar, nasoslar va aylanish tezligini boshqarish talab etilmaydigan boshqa sinxron motorlari tashkil etadi. Misol tariqasida, SDN2 seriyadagi motorni ko‘raylik. Bu seriyadagi motorlarni rotor aylanishi tezligi 300 dan 1000 ay/min gacha va quvvati 315 dan 4000 kVtgacha, stator chulg‘ami kuchlanishi 6 yoki 10 kV, chastotasi 50 Gs bo‘lgan motorlar tashkil etadi (10.7-rasm).
10.7-rasm. SDN-2 turdagi sinxron motor tuzilishi
Po‘lat korpusga presslangan stator 1 magnit o‘zagi, 0,5 mm qalinlikdagi elektrotexnik po‘lat tutikachalardan shtamplab yig‘ilgan paket-segmentlardan iborat. Motorni jadal sovitish uchun motor magnit o‘zagi paketlari kengligi 10 mm bo‘lgan radial ventilyasiyaon kanal bilan ajratilgan. Stator 12 chulg‘ami ikki qatlamli, qisqartirilgan qadamli qilib yasalgan. Rotor qutblari magnit 11 o‘zagi 3 to‘g‘inga 5 shpilkalar yordamida maxkamlanadi. Rotor chulg‘ami qutb g‘altaklaridan iborat. Qo‘zg‘otish chulg‘amlariga o‘zgarmas tok etkazuvchi kontakt halqalar 8 valning uchiga maxkamlanadi. Rotorda markazdan qochmi ventilyatorning parraklari 6 mavjud.
Ustunsimon podshipniklar 2 va 7 podshipnik qalqonlari 1 va 9 da o‘rnatilgan. Motor yon tomonlarida po‘lat 13 qalqon bilan berkitilgan. 10 korpusda ventilyasion darchalar mavjud bo‘lib, jalyuzi bilan berkitilgan. Korpusning yon tomonida chiqish klemmalarining qutisi joylashgan. Motorning qo‘zg‘otkichi tiristorli o‘zgartkichdan iborat bo‘lib, motor ishga tushirilishi va to‘xtatilishida qo‘zg‘otish toki avtomatik boshqariladi. Qutb uchliklarining pazlarida ishga tushirish (so‘ndirish) chulg‘amining jez yoki mis o‘tkazgichli 6 sterjenlar joylashgan. Sterjenlarning ikki uchlarida qisqa tutashtiruvchi 7 segmentlar ulangan.
Qutb uchlarining tashqi silindrik yuzasi va stator magnit o‘zagining ichki silindrik yuzasi orasida ishchi havo δ oralig‘i mavjud. Qutb o‘qiga mos kelgan bu oraliq δ ning qiymati minimal, qutb uchliklarining chekkasida δmax. Qutb uchligining bunday shakl tuzilishi havo oralig‘ida magnit induksiyasining sinusoidal taqsimlanishini ta’minlash uchun qabul qilingan.
