Добавил:
Опубликованный материал нарушает ваши авторские права? Сообщите нам.
Вуз: Предмет: Файл:
УМК электр машиналари ЭТ 2022 (3).doc
Скачиваний:
5934
Добавлен:
02.11.2022
Размер:
19 Мб
Скачать
☆

Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning salt ishlash, qisqa tutashuv holatlaridagi tavsiflari va parametrlarini tekshirish

1. Ishni bajarishdan maqsadi

1. Uch fazali transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish.

2. Transformatorning salt ishlash holati va uning parametrlarini aniqlash.

3. Transformatorning salt ishlash tavsiflarini qurish.

4. Transformatorning qisqa tutashuv holati va uning parametrlarini aniqlash.

5. Transformatorning qisqa tutashuv tavsiflarini qurish.

2. Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar

1. Transformator tashqi ko‘rikdan o‘tkazilsin va pasportida ko‘rsatilgan ma’lumotlar hamda chulg‘amlar qarshiliklari hisobot daftariga yozilsin.

2. Transformatsiyalash koeffitsiyenti topilsin, salt ishlash tavsiflari Io,Po,coso=f (Uo) ni qurish uchun ma’lumotlar (1.1-jadvalda) yozib olinsin.

3. Tajriba ma’lumotlaridan foydalanib salt ishlash parametrlari ro, Zo, Xo va salt ishlash toki Io aniqlansin.

4. Qisqa tutashuv tavsiflari Ist,Pst,cosst=f(Ust) ni qurish uchun ma’lumotlar 2-jadvalga yozib olinsin.

5. Tajriba ma’lumotlaridan foydalanib qisqa tutashuv parametrlari rst,Zst, Xst,Ust aniqlansin.

3. Ishni bajarishga oid qisqacha nazariy tushunchalar

Transformator bu statik elеktromagnit uskuna bo‘lib, birlamchi o‘zgaruvchan tok sistеmasini ikkilamchi o‘zgaruvchan tok sistеmasiga aylantirib bеradi. Bunda chastota o‘zgarmaydi. Transformator asosiy va yordamchi qismlardan tuzilgan. Asosiy qismga magnit o‘tkazgich va chulg‘amlar kiradi. Yordamchi qismlarga bak, kеngaytirgich, gaz rеlyesi, idish qopqog‘i, radiatorlar, tеrmosifon filtri, yog‘ sathini ko‘rsatuvchi shisha naycha, ko‘targich halqalar, yuqori va past kuchlanishlar ulanadigan izolatorlar, tozalagich va boshqalar kiradi. Transformatorning ish davrida hosil bo‘ladigan uyurma toklarini kеskin kamaytirish maqsadida uning magnit o‘tkazgichi bir-biridan izolatsiyalangan va qalinligi 0,15-0,5 mm bo‘lgan elеktrotеxnik po‘lat tunikachalardan yig‘iladi. Transformator chulg‘amlari yasalishida izolatsiyalangan mis va aluminiy simlaridan foydalaniladi. Transformatorlarda moy sovutish va izolatsiya vazifasini bajaradi. Transformatorlarning tasnifi. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra transformatorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) kuch transformatorlari; 2) maxsus transformatorlar. Kuch transformatorlari o‘z navbatida: umumiy maqsadli va sohaviy turlarga bo‘linadi.

Elektr energiyani uzatish, qabul qilish hamda ishlatishga mo‘ljallangan elektr tarmoqlari va uskunalarida elektr energiyani o‘zgartirish (kuchlanishni oshirish yoki kamaytirish) vazifasini bajaradigan transformator kuch transformatori deyiladi. Bu toifaga: quvvati 6,3 kVA va undan katta bo‘lgan uch fazali transformatorlar hamda quvvati 5 kVA va undan katta bo‘lgan bir fazali transformatorlar kiradi.

Normal sharoitda ishlayotgan elektr tarmog‘iga ulash uchun, yohud maxsus ish sharoiti, yuklamaning xarakteri yoki ish rejimi bilan farq qilmaydigan energiya iste’molchilarini bevosita ta’minlashga tayyorlangan transformatorlar umumiy maqsadli kuch transformatorlari deyiladi. Transformatorlar fazalar soniga ko‘ra: bir, uch va ko‘p fazali (sohaviy); chulg‘amlar soniga ko‘ra – ikki, uch va ko‘p chulg‘amli turlarga bo‘linadi. Agar transformatorning har fazasida uchta yuqori kuchlanishli (YuK), o‘rta kuchlanishli (O‘K) va past kuchlanishli (PK)] elektr jihatdan ulanmagan chulg‘amlari bo‘lsa, bunday holda uch chulg‘amli transformator deyiladi. Agar transformatorda U1N < U2N bo‘lsa oshiruvchi, U1N > U2N bo‘lganida esa – pasaytiruvchi transformator deyiladi.

Elektr energiyani transformatorning qaysi chulg‘amiga berilishiga qarab transformatorni oshiruvchi yoki pasaytiruvchi sifatida foydalanish mumkinligi uning qaytarlik xossasidir. Nominal quvvati va kuchlanishlariga bog‘liq ravishda kuch transformatorlari va avtotransformatorlar gabaritlarga ajratiladi.

Kuch transformatorlariga qo‘yiladigan asosiy talablar. Elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarilayotgan kuch transformatorlari ishonchlilik, tejamlilik, chidamlilik va boshqa muhim jihatlari bilan jahon bozorida yuksak raqobatbardosh bo‘lishi zarur. Shu sababli mazkur transformatorlarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: a) ishlab chiqarishda va ishlatishda tejamli bo‘lishi; b) ishlatishda ishonchliligi; c) isroflar standartda belgilangan me’yordan oshmasligi; d) parallel ulash shartlarini qanoatlantirishi; e) me’yordan ortiqcha qizib ketmasligi; f) kuchlanishni rostlashga imkon berishi; g) transformatorni ishlatish jarayonida ayrim sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladigan qisqa muddatli o‘ta kuchlanishlarga va kam muddatli qisqa tutashuvdagi ancha katta bo‘lgan toklar ta’siriga bardosh berishi zarur.

1.1-rasm. Kuchlanish klassi 35 kV quvvati 10006300 kVA konstruksiyasiga mos keladigan pasaytiruvchi kuch transformatori:

1 – bak; 2 – moy uchun ventil; 3 – zaminlash uchun qistirma; 4 – termosifonli filtr; 5 – radiator; 6 – kuchlanishni rostlovchi qayta ulagichi; 7 – kengaytirgich; 8–moy ko‘rsatkich; 9 – havo quritgich; 10 – chiqaruvchi (saqlovchi) truba; 11 – gaz rеlye; 12 – YuK chulg‘am uchun o‘tish izolatori; 13 – qayta ulagich dastagi; 14 – PK chulg‘amga oid o‘tish izolatori; 15 – transformatorni ko‘tarish uchun ilgich; 16 – PK chulg‘amni o‘tish izolatori bilan bog‘lovchi o‘tkazgich; 17 – magnit o‘tkazgich; 18 – YuK chulg‘amni o‘tish izolatori bilan bog‘lovchi o‘tkazgich; 19 – yuqorigi va pastki yarmo balkalari; 20 – YuK chulg‘am rostlash tarmog‘ining simlari; 21– YuK chulg‘am; 22 – aravacha g‘ildiragi

Elektromagnit induksiya hodisasi transformator nazariyasining asosini tashkil qiladi. Elektromagnit induksiya hodisasi ikki shaklda namoyon bo‘ladi:

1) Faradey ta’rifi. «Vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lgan magnit maydon kuch chiziqlarini biror tezlik bilan kesib o‘tayotgan o‘tkazgichda hosil bo‘lgan EYuK ning qiymati magnit induksiya В ga, o‘tkazgich uzunligi l ga va uning harakat tezligi v ga to‘g‘ri mutanosib bo‘ladi, ya’ni Е Вlv».

2) Maksvell ta’rifi. «Magnit oqimi bilan ilashgan berk o‘tkazgichdagi EYuK ning qiymati magnit oqimi o‘zgarish tezligining kattaligiga teng, ya’ni

e – dФdt».

Bundagi EYuK ning yo‘nalishi rus olimi Lyens kashf qilgan prinsip (qoida) bo‘yicha aniqlanadi, ya’ni berk o‘tkazgich bilan ilashadigan magnit oqim (dФdt)>0 bo‘lganda berk o‘tkazgichda vujudga keladigan EYuK ning ishorasi «manfiy» bo‘lib, (dФdt) <0 bo‘lganda esa uning ishorasi «musbat» bo‘ladi.