- •Sillabus
- •K.1 Elektromexanik energiya o‘zgartirish
- •K.3 Elektr mashinalari klassifikatsiyasi
- •1.3. Transformatorning tuzilishi
- •3.1. Uch chulg‘amli transformatorlar
- •3.2. Avtotransformatorlar
- •O‘zgaruvchan tok mashinasi stator chulg‘ami sxemalari
- •Stator chulg‘amini hisoblash
- •G‘altaklar guruhining eyk
- •G‘altak o‘ramining eyk
- •Chulg‘am fazasining eyk
- •Chulg‘am magnit yurituvchi kuchlari
- •Mujassamlangan chulg‘am myk
- •Taqsimlangan chulg‘amning myk
- •Qadami qisqartirilgan chulg‘amning myk
- •Pulslanuvchi, elliptik va aylana shakldagi aylanuvchi magnit maydon. Bir fazali chulg‘amning magnit maydon
- •Uch fazali chulg‘amning aylanuvchi magnit maydoni
- •Ikki fazali chulg‘amning aylanuvchi magnit maydoni
- •Bu toklar hosil qilgan myk tashkil etuvchilari mashina havo oralig‘ida ixtiyoriy X nuqta uchun quyidagi ko‘rinishda yoziladi
- •Elliptik maydon
- •Asinxron mashinaning tuzilishi
- •Ishlash prinsipi
- •Asinxron mashinaning ishlash rejimlari
- •6.6. Almashtirish sxemasi
- •7.1. Asinxron mashina energetik diagrammasi
- •7.2. Elektromagnit moment
- •7.3. Mexanik tavsif
- •Asinxron motorni iShGa tushirish
- •9.1. Faza rotorli asinxron motorni ishga tushirish
- •9.2. Qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni ishga tushirish
- •Qisqa tutashgan rotorli asinxron motor aylanish tezligini boshqarish
- •12 Faza rotorli asinxron motor aylanish tezligini boshqarish
- •10.2. Sinxron mashinalar turlari va tuzilishi
- •10.3. Yirik sinxron mashinalarni sovutish
- •12.1 Generatorlarni parallel ishga tushirish
- •12.3. Sinxron generator burchak tavsiflari
- •Sinxron generatorning V-simon tavsiflari
- •13.3. Sinxron motor tavsiflari
- •Sinxron mashinalarning maxsus turlari.
- •14.2. O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi
- •17.2. Mustaqil qo‘zg‘atishli generator
- •17.3. Parallel qo‘zg‘atishli generator
- •17.4. Aralash qo‘zg‘atishli generator
- •Va uning tashqi tavsiflari (b)
- •18.2. Motorni ishga tushirish
- •18.3. Parallel qo‘zg‘atishli motorlar
- •18.4. Parallel qo‘zg‘atishli motor aylanish tezligini boshqarish
- •Transfоrmatоrlarga оid amaliy mashg’ulotlar yеchish namunalari
- •Parametrlarini aniqlash
- •Tutashuv uchburchagini qurish
- •Mехanik хaraktеristikasini qurish
- •Parametrlarni aniqlash
- •Tormozlovchi momentini topish
- •Momentini topish
- •4.2.2. O‘zgarmas tok generatorlari
- •4.2.3. O‘zgarmas tok motorlari
- •Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning salt ishlash, qisqa tutashuv holatlaridagi tavsiflari va parametrlarini tekshirish
- •1. Ishni bajarishdan maqsadi
- •2. Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar
- •3. Ishni bajarishga oid qisqacha nazariy tushunchalar
- •4. Ishni bajarish va hisobot tayyorlash tartibi
- •4. Ishni bajarish va hisobot tayyorlash tartibi
- •Ishni bajarish va hisobot tayyorlash tartibi
- •Sinov savollari
- •1. Ishni bajarishdan maqsad.
- •Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar.
- •3. Ishni bajarishga oid qisqacha nazariy tushinchalar
- •Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorning salt ishlash va qisqa tutashuv tavsiflarini tekshirish
- •1. Ishni bajarishdan maqsad
- •2. Ishning dasturi
- •3. Ishni bajarish yuzasidan qisqacha nazariy tushunchalar
- •4. Ishni bajarish tartibi va hisobot tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
- •Sinov savollari
- •Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorning ish tavsiflarini tekshirish
- •1. Ishni bajarishdan maqsad
- •2. Ishning dasturi
- •3. Ishni bajarish yuzasidan qisqacha nazariy tushunchalar
- •4. Ishni bajarish tartibi va hisobot tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
- •Sinov savollari
- •1. Ishni bajarishdan maqsad
- •2. Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar
- •3. Ish bajarish tartibi va hisobot tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar
- •4. Ishni bajarish yuzasidan qisqacha nazariy tushunchalar
- •Glossariy
- •Testlar
- •Baholash mezoni
- •Adabiyotlar
- •Asosiy adabiyotlar
- •Qo‘shimcha adabiyotlar
- •Internet saytlar
Sinxron generatorning V-simon tavsiflari
Yuqorida
qo‘zg‘otish chulg‘amidagi toki o‘zgarmas bo‘lgan sinxron
generatorning tarmoq bilan parallel ishlashini ko‘rgan edik. Agar
sinxron generator tarmoqqa parallel ulangandan so‘ng uning
birlamchi mexanik momentni o‘zg‘armas g‘olatda qoldirib,
qo‘zg‘otish tokini o‘zgartirsak nima bo‘ladi? Faraz qilaylik,
generator tarmoqqa parallel ulangandan so‘ng yuklanishsiz
ishlayotgan bo‘lsin va uning EYK
tarmoq
kuchlanishi
ga
teng bo‘lsin.
Shundan so‘ng qo‘zg‘otish tokini oshirsak, ya’ni mashinani
o‘ta qo‘zg‘atsak, unda EYK
ortadi
va generator zanjirida ortiqcha EYK
hosil bo‘lib, reaktiv quvvat va bo‘ylama reaktiv tok
hosil
bo‘ladi, uning yo‘nalishi EDS
dan
fazasi
bo‘yicha 90° ga kechikadi (
deb faraz qilganmiz). O‘ta qo‘zg‘otish ortishi bilan reaktiv
(induktiv) tokning qiymati ham ortadi.
12.6-rasm. Momentlar burchak tavsifi
Agar generator tarmoqqa parallel ulangandan so‘ng qo‘zg‘otish tokini kamaytirsak, ya’ni mashina chala qo‘zg‘otilga, u holda EYK kamayadi, generator zanjirida yana ortiqcha EYK va bo‘ylama o‘q reaktiv toki hosil bo‘ladi. Bu gal toki EYKga nisbatan 90° ga ilgarilovchi (ya’ni sig‘im xarakterida) bo‘ladi.
Bu
shunday tushuntiriladi. Generator o‘ta qo‘zg‘otilganda
qo‘zg‘otish MYK
ortadi. Bunda stator chulg‘amida EYKga nisbatan kechikuvchi
reaktiv (induktiv) tok hosil bo‘ladi. Bu tok hosil qilgan
bo‘ylama-magnitsizlovchi yakor reaksiyasi ortiqcha hosil bo‘lgan
MYKni kompensatsiyalaydi. Natijada generator EYK o‘zgarmas bo‘lib
qoladi. Shunga o‘xshash jarayon generator qo‘zg‘otish toki
kamaytirilganda ham sodir bo‘ladi, faqat shu farqi bo‘ladiki,
unda stator toki EYKga nisbatan fazasi bo‘yicha ilgarilovchi
bo‘ladi.
Agar qo‘zg‘otish tokining barcha o‘zgarishlarida birlamchi motorning momenti o‘zgarmay qolsa, u holda generatorning tarmoqqa ulatayotgan aktiv quvvati g‘am o‘zgarishsiz qoladi
Bu
ifodadan kelib chiqadiki,
bo‘lganda tokning aktiv tashkil etuvchisi ham
o‘zg‘armas bo‘ladi.
Shunday qilib, generatorning qo‘zg‘otilganlik darajasi faqat stator tokining reaktiv tashkil etuvchisiga ta’sir etar ekan. Tokning aktiv tashkil etuvchisi esa o‘zgarmas qolar ekan.
12.7-rasm. Sinxron generator V-simon tavsiflari
Generatorning
o‘zgarmas aktiv yuklanish quvvatida stator toki
ning
qo‘zg‘otish toki
ga
bog‘liqligi sinxron generatorning V-simon tavsifi deyiladi.
Tavsifning ushbu nomlanishi uning tashqi ko‘rinish shakliga ko‘ra
qabul qilingan. 12.7-rasmda sinxron generatorning V-simon
tavsiflari
=const
yuklanishning birnecha qiymatlari
=0;
=0,5
va
=
uchun qurilgan. Sinxron generatorning V-simon tavsiflari shuni
ko‘rsatadiki, generatorning ixtiyoriy yuklanishlari uchun
qo‘zg‘otish toki
ning
shunday qiymatlari mos keladiki, unda stator toki
minimal qiymatiga erishib, o‘zining aktiv tashkil etuvchisiga teng
bo‘ladi
.
Bunday holatda generator quvvat koeffitsienti
=1
bo‘ladi. Qo‘zg‘otish tokining generator xar hil
yuklanishlariga mos bo‘lgan
=1
dagi tavsifi 12.7-rasmda punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan.
Ushbu tavsiflarning =1dagi biroz o‘ng tomonga surilishi shuni ko‘rsatadiki, yuklanish ortishi bilan =1ga mos keluvchi qo‘zg‘otish toki biroz ortadi. Bunda yuklanish ortishi bilan aktiv kachlanish pasayuvini kompensatsiyalash uchun qo‘shimcha qo‘zg‘otish toki talab etiladi.
Shuni e’tiborga olish zaruki, qo‘zg‘otish tokini asta kamaytirish natijasida, uning shunday minimal qiymatiga erishiladiki, qo‘zg‘otish toki hosil qilgan asosiy magnit oqim shunchalar susayadiki, sinxron generator sinxronizmdan chiqib ketadi - rotor qo‘zg‘otgan magnit qutblari bilan stator aylanuvchi magnit maydoni orasidagi magnit bog‘lanish buziladi.
Generator isroflarini kamaytirish maqsadida, qo‘zg‘otish chulg‘amining toki shunday qiymatga rostlanishi maqsadga muvofiqki, unda statorning tokini minimal, ya’ni =1 bo‘lsin. Ammo, ko‘pgina hollarda generator yuklanishi induktiv xarakterga ega bo‘lib, ularni kompensatsiyalash maqsadida generatorni biroz o‘taqo‘zg‘otish rejimida ushlash zarur bo‘ladi. Bunda stator toki tarmoq kuchlanishidan fazasi bo‘yicha biroz ilgarilab ketishiga imkon yaratiladi.
17-mavzu. Sinxron motorning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Elektr mashinalarning qaytuvchanlik prinsipi asosida sinxron mashina, na faqat generator rejimida, balki motor rejimida ham ishlashi mumkin, ya’ni tarmoqdan elektr energiya istemol qilib, uni mexanik energiyaga aylantiradi.
Sinxron
motor ishlash prinsipini tushuntirish uchun, katta quvvatli tarmoq
bilan parallel ishlash uchun ulangan sinxron generatorni tasavvur
etaylik. Faraz qilayli, birlamchi motor generator rotorini soat
miliga teskari yo‘nalishda
burchak tezligida aylantirsin. Bunda generator yuklanishi shunday
bo‘lsinki, rotor qutblari bo‘ylama o‘qlari
aylanuvchi magnit maydon o‘qlari
dan
rotor aylanish yo‘nalishi bo‘ylab
burchakka siljisin (13.1-rasmda 1-kvadrant yoki o‘ng tomon).
Birlamchi
motorning aylantiruvchi momenti
generatorning
elektromagnit momenti M'
va
yuksiz ishlash momenti
M0
bilan
(
)
muvozanatlanadi.
Burchak
tavsifida (13.1-rasm) ushbu rejimga G
nuqtasi mos keladi.
Agar aylantiruvchi moment ni kamaytirsak, generator yuklanish ham kamayadi, bunda burchak ham kamayadi, natijada stator toki kamayadi.
Natijada
elektromagnit moment
M'
qiymati kamayadi va aylantiruvchi moment
bo‘lganda burchak
,
ya’ni
generator
yu.i.
rejimida ishlaydi (
=
0).
Bu
rejimga burchak tavsifida koordinata
boshi mos keladi
(13.1-rasmda
0
nuqtasi).
Agar
sinxron
mashina
valini birlamchi motor validan uzib qo‘yilsa va valda tormozlovchi
moment hosil qilinsa,
ya’ni
rotor aylanish yo‘nalishiga qarama-qarshi yuklanish
momenti M2
hosil
qilinsa,
u
holda EYK
vektori
yu.i. rejimi holatiga nisbatan
burchakka orqada qolish yo‘nalishida siljiydi
(13.1-rasm,
3-kvadranti).
Bunda
stator
chulg‘ami
zanjirida natijaviy EYK hosil bo‘ladi va u stator chulg‘amida
tokni hosil qiladi.
13.1-rasm. Sinxron mashinaning generator rejimidan motor rejimiga o‘tishi
.
Stator
toki
rotor bilan sinxron aylanuvchi,
qutblari rotor qutblari
ga
nisbatan
burchakka siljigan magnit maydon hosil qiladi. Faraz qilaylik, motor
burchak tavsifning D
nuqtasida ishlasin (13.1-rasm, 3-kvadranti). Unga
burchagi
mos keladi.
Bunda
magnit qutblari ta’siri natijasida hosil bo‘lgan tangensial
tashkil etuvchilar
motor rotorida aylanuvchi magnit maydon yo‘nalishi bo‘yicha
elektromagnit moment hosil qiladi va rotorni
burchak tezligi bilan aylantiradi. Bunda sinxron mashina tarmoqdan
elektr energiyani istemol qiladi va uni mexanik energiyaga
aylantiradi. Aylantiruvchi elektromagnit moment M"
valda
yu.i.
momenti
bilan foydali moment
ni
hosil qiladi va ijrochi mexanizm yoki motorning yuklanishi
aylantiriladi
.
Sinxron motorning barcha qiymatlari burchak tavsifida koordinata o‘qlarining manfiy yo‘nalishlarida belgilanadi, chunki generator rejimidan motor rejimiga o‘tishda elektromagnit moment o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi. Sinxron generatorning tarmoqqa uzatayotgan musbat ishorali quvvati o‘rnida sinxron motorning tarmoqdan olayotgan manfiy ishorali quvvati qo‘yiladi. Motor rejimida manfiy ishoralar bilan belgilash qulaysizliklari o‘rniga, sinxron motorlarni tahlil qilganimizda shartli ravishda barcha qiymatlarni musbat ishora bilan belgilashni qabul qilamiz.
Sinxron motorning elektromagnit quvvati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi (12.7) va (12.8), elektromagnit moment esa - (12.9) va (12.10).
13.2-rasm. Sinxron motorning burchak tavsifi
Elektromagnit
momentning burchak tavsiflari
va
uning tashkil etuvchilari
va
13.2-rasmda
keltirilgan.
Bu
tavsiflar generator burchak tavsifidan (12.5-rasmga
qarang)
faqat
shu bilan farq qiladilarki, ular koordinata o‘qlarining uchinchi
kvadrantida joylashgan,
ya’ni
burchak
va
momentlar
va
ning
manfiy ishoralari bilan ifodalangan
.
Shunday qilib, sinxron mashinaning burchak tavsifi natijaviy momentning ikki yarim to‘lqini sifatida namoyon bo‘ladi: musbat, generator rejimiga mos keluvchi (12.5-rasm), va manfiy, motor rejimiga mos keluvchi (13.2-rasm). Mashinaning bir rejimdan ikkinchi rejimga o‘tishi burchak orqali o‘tishi bilan amalga oshiriladi.
Sinxron
motor turg‘un ishlashi burchak tavsifining
qismiga mos keladi (13.2-rasm).
Maksimal elektromagnit momentining nominal moment ga nisbati [(12.16) ga qarang] sinxron motorning o‘ta yuklanganlik qobiliyati deyiladi
.
Aksariyat,
sinxron motorning o‘ta yuklanganlik qobiliyati
,
bu motorning nominal yuklanishida
el. grad.ga mos keladi.
Sinxron
motorning rotori faqat sinxron tezlikda
aylanishi mumkin. Bunga ishonch hosil qilish uchun quyidagini ko‘rib
chiqish etarlidir: faraz qilaylik, motor rotori
tezlik bilan aylanayapti, deb. Biror vaqt o‘tgandan so‘ng
magnitlangan rotor qutblari statorning aylanayotgan magnit maydoni
bir xil qutblari ro‘parasida bo‘ladi. Shunda stator va rotor
magnit qutblari orasidagi magnit bog‘lanish buziladi, chunki
ularning bir xil nomlangan qutblari o‘z-aro itariladi va rotor,
aylantiruvchi elektromagnit momentning turg‘un ta’siridan maxrum
bo‘ladi va rotor to‘xtaydi.
Sinxron motor rotorining faqat sinxron tezlik bilan aylanishi - bu motorlarning xarakterli xususiyatini tashkil etadi va, aksariyat, motorlarning tatbiq etish doirasini aniqlab beradi (masalan, stabil aylanish tezligi bo‘lishini talab etuvchi yuritmalar).
Sinxron motor valida yuklanish o‘zgarganda burchak o‘zgaradi. Bunda, agregatning aylanuvchi massalari inersiyasi ta’sirida, rotor bir onda yangi yuklanishga mos bo‘lgan holatga o‘taolmaydi, balki, biror muddat tebranma harakatda bo‘ladi.
Tuzilishi
bo‘yicha sinxron motorlar, sinxron generatorlardan prinsipial farq
qilmaydilar, ammo alohida xususiyatlari mavjud. Ular, aksariyat, ayon
qutbli
tarzda quriladi; havo orligi bir xil quvvatli motorlarda
generatorlardagiga nisbatan kichik, bu bir qator parametrlarning
yaxshilanishiga olib keladi (masalan, ishga tushirish toki
kamayishi). Dempfer (so‘ndiruvchi) chulg‘amni katta kesim
yuzasiga ega bo‘lgan sterjenlardan bajariladi, chunki ishga
tushirish rejimida u ishga tushirish chulg‘ami xizmatini bajaradi;
qutb uchligining kengligi generatorlardagi
o‘rniga motorlarda
qabul qilinadi. shu sababli, sinxron mashinalar qaytuvchanlik
xususiyatiga ega bo‘lsalar ham, sanoat korxonalarida ishlab
chiqarilayotgan sinxron mashinalar, 1yoki motor sifatida, yoki
generator sifatida maqsadli qo‘llaniladi.
18-mavzu. Sinxron motorning ish tavsiflari.
Sinxron motor, asinxron motordagidek, stator chulg‘amini bevosita tarmoqqa ulab ishga tushirib bo‘lmaydi. CHunki, stator chulg‘amining aylanuvchi magnit maydoni sinxron aylanish tezligiga bir onda erishsa, rotor o‘zining inersiyali ekanligi bilan bir onda sinxron aylanish tezligiga tortila olmaydi. Natijada, stator va rotor orasida turg‘un magnit bog‘lanish sodir bo‘lmaydi. Sinxron motorni ishga tushirishda maxsus usullar qo‘llaga to‘g‘ri keladi. Bu usullarning mohiyati shundaki, rotorni avvaldan sinxron yoki sinxronga yaqin tezlikda aylantirilib, stator va rotor orasida magnit bog‘lanishni hosil qilinadi.
Xozirgi
kunda “asinxron ishga tushirish” deb nomlangan usul ko‘proq
qo‘llanmoqda. Bu ishga tushirish usuli rotorning uchligida
joylashgan ishga tushirish chulg‘ami mavjud bo‘lganda
qo‘llanilishi mumkin. Bunday usulni qo‘llash motorni ishga
tushirilish sxemasi 13.3,a-rasmda
keltirilgan. Qo‘zg‘otish toki nolga teng bo‘lgan sinxron motori
stator chulg‘ami tarmoqqa ulanadi. Magnit o‘zakdagi aylanuvchi
magnit maydoni ishga tushirish chulg‘amaning sterjenlarida EYK
induktivlaydi va
tok hosil qiladi. Bu toklarning stator magnit maydoni bilan o‘zaro
ta’siri ishga tushirish chulg‘ami sterjenlarida elektromagnit
kuch
hosil qiladi. bu kuchlar ta’sirida rotor aylana boshlaydi
(13.3,b-rasm).
Rotor sinxron aylanish tezligi
ga
yaqin tezlikda aylanaboshlashi bilan qo‘zg‘otish chulg‘ami
o‘zg‘armas tok manbaiga ulanadi. Bunda hosil bo‘lgan sinxron
moment (12.10) motor rotorini sinxronizmga tortadi.
Motor validagi yuklanish qancha kichik bo‘lsa, shunchalar u sinxronizmga engil tortiladi. Ayon qutbli kichik quvvatli sinxron motorlar, yuklanishsiz ishga tushirilganda, ba’zan faqat reaktiv moment hisobiga, ya’ni qo‘zg‘otish chulg‘amini ulamasdan sinxronizmga tortiladi.
13.3-rasm. Sinxron motorni asinxron ishga tushirish: a-ishga tushirish sxemasi;
b-qutbdagi ishga tushirish chulg‘ami
Valdagi
yuklanish momentining ortishi bilan motorning sinxronizmga tortilishi
qiyinlashadi. Sinxron motor rotori sinxronizmga tortilish imkoni
bo‘lgan valdagi eng katta yuklanish momenti, motor kirish momenti
deyiladi.
Aylanish tezligi
dagi
asinxron moment
ishga tushirish chulg‘ami stenjenining aktiv qarshiligi, ya’ni
sterjen kesim yuzasi va sterjen yasalgan metallning
solishtirma elektr qarshiligiga bog‘liq (13.3,b-rasm)
Shuni
ta’kidlash zarurki, katta ishga tushirish momenti
hosil
qilish uchun ishga tushirish chulg‘ami sterjeni qarshiligi
ni
tanlash, sinxronizmga kirish momenti
kamaytirishga
va, aksincha, kichik ishga tushirish momenti (
)ga
mos qarshilik
ni
tanlashda, sinxronizmga kirish momentini kattalashtiradi
.
Asinxron ishga tushirish jarayonida qo‘zg‘otish chulg‘amini ochiq qoldirib bo‘lmaydi, chunki boshlang‘ich chog‘larida sinxron tezlik bilan aylanayotgan stator magnit maydoni qo‘zg‘otish chulg‘amini kesib o‘tib, unda EYK induktivlaydi. Katta o‘ramlar soniga ega bo‘lganlik uchun, ushbu EYK shunday katta qiymatli bo‘ladiki, qo‘zg‘otish chulg‘ami izolyasiyasiga va xizmat qiluvchi personalga xavf soladi. Buni bartaraf etish uchun, qo‘zg‘otish chulg‘ami rotor tezlik olgungacha bo‘lgan davrga, kattaligi qo‘zg‘otsh chulg‘ami qarshiligidan taxminan 10 marta katta bo‘lgan aktiv qarshilik ga tutashtiriladi. Qo‘zg‘otish chulg‘ami boshi va keti klemmalari I1 va I2 qarshilik bilan qayta ulash R qayta ulagich yordamida amalga oshiriladi (13.3, a-rasmga qarang).
Sinxron
motorni ishga tunirish vaqtida qo‘zg‘otish chulg‘amini qisqa
tutashtirish tavsiya etilmaydi, chunki rotor chulg‘ami g‘altagi
bir fazali berk kontur hosil qiladi. Uning stator aylanuvchi magnit
maydoni bilan o‘zaro ta’siri qo‘shimcha asinxron moment
hosil
qiladi. Biroq, sinxron tezlikning yarmida bu moment tormozlovchi
momentga aylanadi va ishga tushiruvchi (asinxron) moment (13.4-rasmda
punktir chiziq) tavsifida o‘ralik (proval) hosil qiladi. Bu sinxron
motorning ishga tushirish xususiyatlarini sezilarli darajada
pasaytiradi.
13.4-rasm. Sinxron motorni ishga tushirishda asinxron momentlar: Ma-asosiy moment; Mk-qo‘shimcha moment; Mkir-sinxronizmga kirish momenti.
Sinxron motorni asinxron ishga tushirishda katta ishga tushirish toki mavjud. Shu sababli sinxron motorni bevosita tarmoqqa ulash, nominal kuchlanish berish faqat tarmoq katta quvvatli bo‘lganda, (nominal tokdan besh – etti marta katta) ishga tushirish toki sababli sezilarli kuchlanish pasayuviga chidamli bo‘lgan tatbiq etish mumkin. Agar tarmoq quvvati etarli bo‘lmasa, motorni kuchlanishni pasaytirib ishga tushirish mumkin (avtotransformatorli yoki reaktorli).
Yuqorida keltirilgan ishga tushirish usullar tahlilidan shuni ko‘rish mumkinki, bu usullar kichik va o‘rta quvvatli sinxron motorlar uchun taalluqlidir.
Katta quvvatli sinxron motorlarni ishga tushirish. Tog‘-kon sanoati korxonalarida katta quvvatli boshqa turdagi (asinxron, o‘zgarmas tok mashinalari) elektr motorlarini ishlatish imkoni bo‘lmaganligi (rotor aylanish tezliga o‘zgarmas bo‘lishi), sababli sinxron mashinalar ishlatilmoqda. Ammo, sinxron motorning eng katta kamchiligi, uni ishga tushirish va zarur bo‘lganda rotor aylanish tezligini boshqarishdir.
Katta quvvatli sinxron motorlarni ishga tushirishda, aksariyat, ular valida yuklanishning mavjudligi, kuchlanishni pasaytirish usuli qo‘llashni cheklaydi. Bevosita stator chulg‘amini nominal kuchlanishli tarmoqqa ulab ishga tushirishda katta stator tokining (nominal tokdan 5-7 marta katta) birnecha minut davomida oqishi; stator chulg‘ami o‘taqizib ketishi; atrofdagi parallel ta’minlanayotgan boshqa jihozlarning kuchlanishi pasayishiga olib keladi.
Oxirgi vafqtda yarim o‘tkazgichli o‘zgartkichlar texnikasi va kompyuter texnologiyalari fanining rivojlanishi natijasida sanoatda sinxron motor stator chulg‘ami tokining chastotasini o‘zgartirib ishga tushirish usul qo‘llanila boshladi. Bunda stator toki chastotasi va stator magnit maydoni aylanish chastotasi orasidagi bog‘lanish (9.4) asosida quyidagi takliflar kiritiladi. Stator chulg‘amiga uzatilayotgan tokning chastotasini 0 dan gacha ravon oshirib, ni gacha o‘zgartiriladi. Buni amalga oshirish uchun yarim o‘tkazgichli CHO‘lari qo‘llaniladi (9.5-rasm), ular stator chulg‘ami kuchlanishining ham chastotasini, ham amplitudasini ma’lum qonuniyat asosidagi o‘zgarishini ta’minlaydi.
